Янгиликлар
21
MANFAATLAR TO'QNASHUVI TARTIBGA SOLINADI
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va tartibga solishda mustahkam huquqiy asosdir.
Mirzaobod tumani favqulodda vaziyatlar bo'limida bo'lib o'tgan targ'ibot tadbirida mazkur qonun mazmun-mohiyati xususida so'z bordi.
Unda tuman adliya bo'limi boshlig'i Hokim Erkaboyev ushbu qonunning maqsadi va amal qilish sohasi, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish haqida keng ma’lumot berdi.
Shuningdek, tadbirda korrupsiyaga oid islohotlarni birdek ta’minlanishiga barcha birdek mas’ul ekanligi ta’kidlanib, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar bermaganlik uchun belgilangan jazo choralari haqida to‘xtalib o‘tildi