Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Qonun ustuvorligi-xalqparvar davlat tayanchi


Ma’lumki, Prezidentimizning 2024-yil 24-maydagi 80-sonli farmoniga asosan haftaning har chorshanba kuni “Huquqiy targ'ibot kuni” sifatida belgilanib, adliya organlari tomonidan joylarda turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

“Qonun ustuvorligi-xalqparvar davlat tayanchi” mavzusida tashkil etilgan navbatdagi targ‘ibot tadbiri IIV huzuridagi jazoni ijro etish departamenti 8-son tergov hibsxonasida bo‘lib o‘tdi. Xovos tuman adliya bo‘limi xodimlari dastlab hibsxona mas’ul xodimlari bilan muloqot qilib, qonunchilikdagi yangiliklar haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Xususan,  saylov qonunchiligi, Vazirlar Mahkamasining "Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Mahkumlar uchun tashkillangan tadbirda esa O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmuni sharhlandi. Ta’kidlanganidek,  fuqarolar Konstitutsiyasini bilish orqali o‘z huquqlarini tushunib oladi, boshqa qonun hujjatini qidirishga zarurat qolmaydi.

Uchrashuvda Konstitutsiyaga kiritilgan fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini taʼminlashga, himoya qilishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan normalar haqida batafsil tushunchalar berildi, shuningdek, saylov qonunchiligidagi yangiliklar yuzasidan ham keng ma’lumotlar berildi.