Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

BOYOVUTDA HUQUQIY MUAMMOLAR UYMA-UY O'RGANILDI


Adliya organlari tomonidan uyma-uy yurish, davlat organlari va tashkilotlarida bo‘lib, xodimlar bilan suhbatlashish, advokatura, notarial idoralarga kelgan fuqarolar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish orqali aholining huquqiy muammolari o‘rganilmoqda.

Ayniqsa, uyma-uy o‘rganishlar jarayonida mahalla mas’ullari, ko‘chboshilarning ham jalb qilinayotgani joylarda yechimini kutayotgan ko‘plab huquqiy muammolarni aniqlash imkonini bermoqda.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi sho’ba boshlig‘i J.Shomirzayev Boyovut tumanidagi “Paxtakor” mahallasida uyma-uy yurib, aholi muammolarini o‘rgandi.

Yuzma-yuz muloqotlar mobaynida anketa-savolnomalari to‘ldirilib, aniqlangan huquqiy muammolar yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.