Янгиликлар
21
“Ahillik” mahallasida huquqiy targ‘ibot tadbiri hamda sayyor qabul o‘tkazildi
“Xotin-qizlarga huquq ko‘mak” aksiyasi doirasida Oqoltin tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanidagi “Ahillik” mahallasida huquqiy targ‘ibot tadbiri hamda sayyor qabul o‘tkazildi.
Xotin-qizlar uchun qonunchilikda qanday huquq va imtiyozlar belgilangan? Tadbirda adliya bo‘limi mas’ullari tomonidan dastlab shu haqda to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, uchrashuvda saylov qonunchiligi, Vazirlar Mahkamasining "Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi qonun mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
Targ‘ibot tadbirida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning ishtiroki fuqarolarning ko‘chmas mulk oldi-sotdisi, meros, hadya, vasiyatnoma va boshqa notarial harakatlar bo‘yicha qator savollariga javob olish imkonini berdi.
Shundan so‘ng, aholining huquqiy muammolari o‘rganildi. Har bir murojaat tinglanib, huquqiy yechimi yuzasidan zarur maslahatlar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati