Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Boyovut tumanida sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabul o‘tkazildi


A.Egamnazarov Boyovut tumanidagi "Istiqlol" mahallasida istiqomat qiladi. Otasi vafotidan so‘ng meros bilan bog‘liq huquqiy muammo yuzaga kelgan. Bu borada unga ko‘mak zarur. Eng maqbul chora esa mas’ul idora vakillariga vaziyatni tushuntirish va bu orqali yordamga ega bo‘lishdir.

Hududda o‘tkazilgan viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli bu borada ayni mudao bo‘ldi. A.Egamnazarov adliya boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Zoxidov qabulida bo‘lib, murojaatini bayon qildi. Ushbu huquqiy muammoning yechimi bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, amaliy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.

Sayyor qabulda Gʻ.Eshqo‘ziyev o‘ziga tegishli bo‘lgan yer noqonuniy olib qo‘yilganligi bo‘yicha murojaat murojaat qilgan bo‘lsa, M.Nabiyev mulk egaligini olishda ko‘mak zarurligini bildirdi. U.Mirnazarov esa soliq qarzdorligini ko‘rib chiqish bo‘yicha so‘rov bilan kelgan.

Tadbir davomida Adliya boshqarmasi boshlig'iga 10 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.  Shundan 2 ta murojaat joyida o'z yechimini topdi, o‘rganish muddat talab qiladigan 5 ta murojaat ish yurituvga qabul qilinib, ijrosi alohida nazoratga olindi. Qolgan murojaatlar bo'yicha zarur tavsiya va huquqiy maslahatlar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati