Янгиликлар
05
"ADLIYA KUNI" O'TKAZILDI
Guliston tumani “A.Navoiy” mahallasida “Beshbuloq”, “Birlashgan” hamda “Inoqlik” mahallalari aholisi ishtirokida “Adliya kuni” tadbiri o’tkazildi.
Tadbirda uyma-uy yurish davomida aniqlangan huquqiy muammolar yechimiga e’tibor qaratilgan holda adliya bo‘limi, JIB tuman sudi, sektor kotiblari, mahalla, kadastr, bandlik va boshqa davlat organlari va tashkilotlari mas’ullari taklif qilindi.
Muloqotda fuqarolar kundalik hayotida duch kelinayotgan huquqiy muammolar tahlil qilindi.
Xususan, kadastr hujjatini rasmiylashtirish, tug‘ilganlik haqidagi takroriy guvohnoma olish, aliment undirish, kafillik, order va boshqa masalalarda murojaatlar tinglanib, ularning yechimi borasida mutaxassislar tomonidan maslahatlar berildi.
Tadbir davomida aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.