Янгиликлар
06
ADLIYA MAHALLADA
Boyovut tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni boʻyicha tumanning "Istiqlol" mahallasida uyma-uy yurgan holda aholining kundalik hayotda uchraydigan huquqiy muammolari o‘rganildi.
Tadbir davomida yoshlar, ayollar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, odam savdosi, kiberxavfsizlik, firibgarlik, korrupsiya va boshqa jinoyatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berildi.