Янгиликлар
06
"Kamolot" mahallasida “Adliya kuni” o'tkazildi
Sirdaryo tuman adliya bo'limi tomonidan “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasi doirasida "Kamolot" mahallasida tashkil etilgan “Adliya kuni” tadbirida xotin-qizlarning mehnat va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va imtiyozlari, hamda aholi uchun eng dolzarb masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.
Tadbirda “Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» hamda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, subsidiyalar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi batafsil tushuntirildi.
Muloqot mobaynida xotin-qizlarning huquqiy muammolari o‘rganilib, zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.