Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Fuqaroga yetkazilgan zarar undirib berildi


Sirdaryo tuman hokimining tegishli qarori bilan fuqaro M.Nurbekovga Sirdaryo shahar “Yoshlik” mahallasi hududida maishiy xizmat ko'rsatish binosi qurish uchun 254 kv.m yer ajratib berilgan. Biroq, ushbu yer maydoni boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan. Qurib bitkazilgan bino esa buzilishi belgilangan.

Sirdaryo tumani adliya boʻlimi tomonidan fuqaro M.Nurbekovning tuman hokimligi qarori natijasida yetkazilgan zarardan norozi boʻlib yozgan ushbu mazmundagi murojaati oʻrganib chiqildi.

Ish hujjatlaridan murojaat muallifining e’tirozlari isbotini topdi.

Shuningdek, fuqaro M.Nurbekovning murojaatiga ko’ra, “Ali Adonis Plus” MCHJ tomonidan  M.Nurbekovga tegishli Sirdaryo tumani Yoshlik MFYda joylashgan 6 o’rinli maishiy xizmat ko'rsatish binosini qurish ishlari yuzasidan o'tkazilgan nazorat tekshiruvi xulosasiga ko'ra loyiha va loyihadan tashqari bajarilgan ishlar bilan birga jami 202 123 907 so’m qurilish ishlari bajarilganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 15-moddasida Davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan hujjat qabul qilinishi, shuningdek ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan qoplanishi lozim.

Bunday zararning o‘rni davlat organining budjetdan tashqari mablag‘lari yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining mablag‘lari hisobidan qoplanishi, davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi bekor qilingan, ularning mablag‘lari yetishmagan yoxud davlat organining budjetdan tashqari mablag‘lari yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining mablag‘lari bo‘lmagan taqdirda fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilangan.

Yuqoridagilarga asosan Sirdaryo tuman adliya bo'limi tomonidan fuqaro M.Nurbekov manfaatida Fuqarolik ishlari boʻyicha Sirdaryo tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Natijada sudning hal qiluv qarori bilan M. Nurbekovning foydasiga 202 123 907 so‘m undirilishi belgilandi.

Shaxboz Ismoilov,

Sirdaryo tuman adliya bo'limi bosh maslahatchisi