Янгиликлар
06
OQOLTINLIK AZIZBEK 7 YOSHIDA QAYTA TUG'ILDI
Adliya organlari tomonidan fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishda ko‘maklashish maqsadida uyma-uy yurish orqali aholi bilan muloqot qilinmoqda. Bu mexanizm ko‘plab fuqarolarni yillar davomida o‘ylantirib kelayotgan masalalariga yechim topishda muhim omil bo‘lmoqda.
Oqoltin tumanidagi "Boʻston" mahallasida yashovchi Dilfuza Shodiyevaning farzandi Azizbek Shodiyev 7 yoshda, biroq ayrim sabablarga ko‘ra, shu kunga qadar tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi olinmagan.
Tuman adliya bo‘limi xodimlarining uyma-uy o‘rganishlari davomida aniqlangan ushbu huquqiy muammo bugun ijobiy hal etildi.
FHDY bo'limi tomonidan 2017-yilda tug‘ilgan Shodiyev Azizbek Yax’yobek o‘g‘lining muddati oʻtgan tugʻilishi qonuniy qayd etilib, tugʻilganlik guvohnomasi taqdim qilindi.