Янгиликлар
01
"Tajribakor" mahallasida “Huquqiy targ‘ibot kuni” o'tkazildi
Guliston tuman adliya bo'limi tomonidan "Tajribakor" mahallasida tashkil etilgan “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbiri aholini qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilish, eng muhimi aholi uchun eng dolzarb masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berish maqsadlarini ilgari surdi.
Tadbirda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish, davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi, elektron resurslar orqali onlayn davlat xizmatlaridan foydalanishning afzalliklari batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasida manzilli va predmetli targ'ibot tadbiri o'tkazilib sohaga oid yangiliklar targ'ib qilindi. Uchrashuv davomida xodimlar bilan induvidual suhbat o'tkazilib, ularning huquqiy muammolari o'rganildi.