Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

"BAHOR" MAHALLASIDA "HUQUQIY TARG'IBOT KUNI"


Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan Guliston shahridagi “Bahor” mahallasida tashkil qilingan “Huquqiy targ'ibot  kuni” tadbirida aholiga qonunchilikdagi yangiliklar, xususan, moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish tartibi, shuningdek energoresurslar bilan bog‘liq yangiliklar, kiberxavfsizlik, firibgarlik, odam savdosi kabi jinoyatlar va uning salbiy oqibatlari tushuntirildi.

Guliston shahar FHDY bo'limi mudirasi G.Rasulovaning oila va nikoh munosabatlari, sha'riy nikoh va oilaviy ajrimlarni oldini olish yuzasidan ma’ruzasi aholining mavzu doirasidagi ko‘plab savollariga javob olish imkonini berdi.

Shu kuni  Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan aholiga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.

Shuningdek, mazkur mahallada uyma-uy yurib, fuqarolarning kundalik hayotidagi muammolari o‘rganildi.