Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Xovos tumanidagi “Qahramon” mahallasida "Adliya kuni" tadbiri hamda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Nazarovning sayyor qabuli o'tkazildi


Sayyor qabul davomida 20 ga yaqin fuqarolarning kadastr hujjatini rasmiylashtirish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, tibbiyot, kommunal soha, davlat xizmatlaridan foydalanish, mulkiy huquqlarga oid bir qator muammolari ko‘rib chiqildi.

Qabul davomida 5 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida yechim topdi, 10 nafar fuqarolarning murojaatlari yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berilib, qolgan murojaatlar ish yurituvga qabul qilindi.
Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

“Adliya kuni” doirasida aholining yashash sharoiti bilan joyiga chiqqan holda tanishish maqsadida mazkur mahallada uyma-uy yurib, fuqarolarning kundalik hayotida duch kelinayotgan huquqiy muammolari mas'ullar tomonidan o'rganildi.