Янгиликлар
01
SAYYOR QABUL SAMARASI
SAYYOR QABUL SAMARASI
Xalq bilan muloqotning samarali usuli bo‘lgan sayyor qabullar aynan aholi murojaatlari bilan ishlash, joylarda yechimini kutayotgan muammolarni ijobiy hal qilishda kutilgan natijani bermoqda.
Xususan, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasiga kelib tushayotgan murojaatlarga yechim topishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Sayyora Qosimova Guliston shahridagi “Nihol” mahallasida istiqomat qiladi. Viloyat adliya boshqarmasining iyun oyida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulida ishtirok etgan fuqaro kelini Ko‘hinur Nurmuhamedovani ish bilan ta’minlashda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan edi.
Adliya ish yurituvga qabul qilingan mazkur murojaat alohida nazoratga olinib, qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqildi hamda ijobiy hal qilindi.
Ko‘hinur Nurmuhamedova endi Guliston shahar 1-sonli umumta’lim maktabida dars beradi. U ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi lavozimiga o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilindi.
Ha, aholining ertangi kunga ishonchi ortishi va bugundan rozilik hissi bilan yashashini ta’minlashda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirishning o‘rni bo‘lakcha. Zero, har bir murojaat ortida bir inson taqdiri bor.