Янгиликлар
02
“Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasi doirasida Guliston shahridagi “Nihol” mahallasida “Adliya kuni” tashkil qilindi
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini ta’minlash va ularga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasiga start berildi.
Joriy yilning 1-avgustidan 30-avgustigacha davom etadigan huquqiy aksiya davomida qator tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Aksiya doirasida Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan Guliston shahridagi “Nihol” mahallasida tashkil qilingan “Adliya kuni” tadbirida aholi hamda xotin-qizlarning huquqiy muammolari o'rganildi.
Subsidiya, kredit, kommunal soha, moddiy yordam, takroriy guvohnoma olish, ko‘chmas mulk oldi-sotdisi kabi masalalarda sayyor qabulda kelib tushgan murojaatlarga adliya, FHDY, davlat xizmatlari markazi, mahalla mas’ullari va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan tezkorlik bilan yechim izlandi.
Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida mahalla binosining o‘zida aholiga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
“Adliya kuni” doirasida mas’ullar tomonidan mahallada uyma-uy yurib fuqarolarning kundalik hayotidagi muammolari o‘rganildi hamda aniqlangan huquqiy muammolar ish yurituvga qabul qilindi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati