Янгиликлар
02
Manfaatlar to‘qnashuvi jamiyatga zarar keltiradi
Oqoltin tumani favqulotda vaziyatlar bo‘limida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.
Unda tuman adliya bo‘limi mas’ullari A.Ziyayev hamda A.Abdurahimov ishtirok etib qonun mazmun-mohiyati va ahamiyatini batafsil tushuntirib, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish yuzasidan keng ma’lumotlar berishdi.
Shuningdek, tadbirda korrupsiyaga oid islohotlarni ta’minlanishiga barcha birdek mas’ul ekanligi ta’kidlanib, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar bermaganlik uchun belgilangan jazo choralari haqida to‘xtalib o‘tildi.