Янгиликлар
02
SARDOBA TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASI XOTIN-QIZLARINING HUQUQIY MUAMMOLARI O'RGANILDI
“Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasi doirasida Sardoba tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida davra suhbati tashkil qilindi.
Tadbirda xotin-qizlarning mehnat va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va imtiyozlari, tibbiyot sohasidagi islohotlar va yangiliklar haqida batafsil so‘z yuritildi.
Shuningdek, uchrashuvda “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni mazmun-mohiyati tushuntirilib, xotin-qizlarning huquqiy muammolarini o'rganish maqsadida so'rovnomalar to'ldirildi.