Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

"Yangi hayot" mahallasida “Huquqiy targ‘ibot kuni”


Mirzaobod tuman adliya bo'limi tomonidan “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak”  aksiyasi doirasida "Yangi hayot" mahallasida tashkil etilgan “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbiri xotin-qizlarning mehnat va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va imtiyozlari, hamda aholi uchun eng dolzarb masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berish maqsadlarini ilgari surdi.

Tadbirda “Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» hamda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, subsidiyalar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi batafsil tushuntirildi.

Muloqot mobaynida xotin-qizlarning huquqiy muammolari o‘rganilib, zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.