Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Sayxunobod tumani "Guliston" mahallasida "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbiri o'tkazlidi


Tadbirda tuman adliya bo‘limi, DXM, YXKM, notarius, tuman elektr tarmoqari korxonasi, tuman gaz filiali, bandlik va mahalla mas’ullari ishtirok etib, sohalar kesimida qonunchilikdagi yangiliklarni keng aholi qatlamiga yetkazishdi.

Muloqot mobaynida oila va nikoh munosabatlari, mulkiy huquqlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish tartibi,  iste’molchi huquqlari, shuningdek energoresurslar bilan bog‘liq yangiliklar haqida batafsil to‘xtalib ot‘ildi.

Keng qamrovli manzilli targ'ibot tadbiri davomida fuqarolarning huquqiy muammolari ham o'rganilib, zarur tushuntirishlar berildi hamda aholiga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.

Shuningdek, uyma-uy yurish orqali aholining huquqiy muammolari o'rganilib, yechimi yuzasidan tushuntirishlar berildi.