Янгиликлар
25
Mirzaobodda ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi
Mirzaobod tumanida Sirdaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.
Ushbu sayyor qabulda 10 ga yaqin fuqarolar uy-joyni rasmiylashtirish, kommunal soha, ijtimoiy himoya, nogironlik nafaqasini belgilash, ish haqini undirish kabi masalalarda amaliy yordam soʻrab viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilishdi.
Boshqarma boshligʻining birinchi o'rinbosari A.Shayjigitov har bir fuqaro bilan bevosita muloqot qilib, muammolarning huquqiy yechimi yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berdi.
Sayyor qabulda 2 ta murojaat joyida ijobiy yechim topdi, oʻrganish muddat talab qiladigan 4 ta murojaat ish yurituvga qabul qilinib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Tadbir davomida fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.