Янгиликлар
26
"Adliya kuni"da huquqiy muammolar o'rganildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan Guliston tuman markazida joylashgan yoshlar bog‘ida “Adliya kuni” tadbiri tashkil qilindi.
Unda adliya, FHDY, DXM, JIB tuman sudi, sektor kotiblari, bandlik hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlari mas’ullari ishtirok etishdi.
Tadbirda “A.Yassaviy”, “Ibrat”, “Ahillik”, “Do‘stlik” hamda “Sohilobod” mahallalaridan 100 ga yaqin fuqarolar ishtirok etib, huquqiy muammolar yuzasidan mas’ullarga murojaat qilishdi.
Tadbir davomida fuqarolarga qonun hujjatlaridagi yangiliklar hamda aholining kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi va savollarga tegishli mutaxassislar tomonidan javob berilib, ayrim muammolar joyida hal qilindi, ayrimlarini o‘rganish maqsadida arizalari qabul qilindi.
“Adliya kuni”da aholiga sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Shu kuni adliya mas’ullari “mahalla yettiligi” bilan uchrashib, yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish yuzasidan metodik yordam va zaruru tavsiyalar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati