Янгиликлар
26
Xovosda "Huquqiy targ'ibot kuni"
Xovos tuman adliya bo‘limi tomonidan "Sohibkor” mahallasida tashkil qilingan “Huquqiy targ'ibot kuni” tadbirida aholiga qonunchilikdagi yangiliklar, xususan, moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish tartibi, shuningdek energoresurslar bilan bog‘liq yangiliklar, kiberxavfsizlik, firibgarlik, odam savdosi kabi jinoyatlar va uning salbiy oqibatlari tushuntirildi.
Shuningdek, davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan kundalik hayotda eng ko‘p zarur bo‘ladigan davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi hamda ulardan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Tadbir mobaynida aholiga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi hamda qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan targ'ibot materiallari tarqatildi.