Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Huquqiy ko'mak barchaga kerak


Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasida qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish hamda davlat organlari va tashkilotlarida huquqni qo‘llashni metodik ta’minlash borasidagi o‘zgarishlar yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Manzilli targ‘ibotda adliya bo'limi mas'ullari tomonidan dastlab sohaga oid qonunchilik bir qator hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirilib, uning ijrosini tashkil qilish hamda yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish yuzasidan metodik tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng, “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Preizdent farmoni mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi.

Huquqiy ko‘mak barchaga kerak, shu bois tadbir davomida so‘rovnoma orqali xodimlarning huquqiy muammolari  o‘rganilib, zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati