Янгиликлар
26
"HUQUQIY TARG'IBOT KUNI O'TKAZILDI"
Sayxunobod tumani "Baxmalsoy" mahallasida tashkil etilgan "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbiri aholining huquqiy muammolari yechimlariga qaratilgan manzilli targ‘ibot tadbiri bo‘ldi.
Tadbir davomida ishtirokchilar qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilindi hamda ularga kundalik hayotda duch kelinayotgan eng dolzarb masalalar yuzasidan bepul yuridik maslahat olish imkoniyati yaratildi.
Adliya xodimlari ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish tartibi, intellektual mulk tushunchasi va iste’molchi huquqlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berishdi.
Shuningdek, tadbirda kiberxavfsizlik, firibgarlik jinoyatlaridan ogoh bo'lish, odam savdosi va korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida to'xtalib o'tildi.