Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

YOT G'OYALAR BIZGA BEGONA


"Huquqiy axborot kuni" loyihasi doirasida adliya orgalari tomonidan ta'lim muassasasalarida, mahallalarda biriktirilgan yoshlar bilan manzilli targ'ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Sirdaryo viloyati yuridik texnikumida “Yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asraylik!” mavzusida tashkil etilgan tadbirda adliya boshqarmasi mas'ullari hamda Toshkent davlat yuridik universiteti professor o'qituvchilari ishtirok etib, yoshlar ongini turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ekstremizm va terrorizmning ayanchli oqibatlari, internet tarmoqlari orqali turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, doim ogoh va hushyor bo‘lish haqida so‘z yuritishdi.

Muloqot davomida viloyatdagi 11 ta davlat umumta’lim maktablarida “Huquq sinfi” va huquq fanlarini chuqurlashtirilgan holda o‘qitish tashkil qilinayotgani, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida yangi o'quv yilidan turli huquqiy tanlovlar o'tkazilishi belgilanganligi ta'kidlab o'tildi.

Tadbir doirasida yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida shxmat va shashka bo'yicha musobaqalar tashkil qilindi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati