Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

ADLIYA XALQ ORASIDA


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni adliya organlarini xalqqa yanada yaqinlashtirdi.

Aholining kundalik hayotida duch kelinayotgan huquqiy muammolarni aniqlash va uni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yillar davomida fuqarolarni o‘ylantirib kelayotgan masalalarga yechim topish imkonini bermoqda.

Xovos tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan uyma-uy yurgan holda fuqarolar suhbatlashish jarayonida ham 10 ga yaqin huquqiy muammolar aniqlandi.

Muloqotlar davomida aniqlangan ushbu muammolarning huquqiy yechimi haqida aniq yo'nalish va tushunchalar berildi.