Янгиликлар
27
"TOSHKENT MAHALLASIDA "ADLIA KUNI""
Tuman adliya bo‘limi mas’ullari dastlab “mahalla yettiligi” bilan aholi murojaatlari bilan ishlash, huquqiy muammolarni aniqlash, tahlil qilish va yechimi yuzasidan o‘zaro fikr almashishdi.
Yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda “mahalla yettiligi”ga metodik yordam ko‘rsatilib, uslubiy qo‘llanmalar tarqatildi.
Shundan so‘ng, uyma-uy yurish orqali aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.
Jarayonda kadastr, oila va nikoh munosabatlari, mulkiy huquqlar va boshqa masalalarda huquqiy muammolar aniqlanib, ish yurituvga qabul qilindi.