Янгиликлар
27
ADLIYA MAHALLADA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni adliya organlarini xalqqa yanada yaqinlashtirdi.
Aholining kundalik hayotida duch kelinayotgan huquqiy muammolarni aniqlash va uni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yillar davomida fuqarolarni o‘ylantirib kelayotgan masalalarga yechim topish imkonini bermoqda.
Boyovut tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan uyma-uy yurgan holda anketa-so'rovnomalari to'ldirildi hamda fuqarolar bilan muloqotlar jarayonida aniqlangan muammolarning huquqiy yechimi haqida aniq yo'nalish va tushunchalar berildi.