Янгиликлар
27
Sardobada "Adliya kuni"
Sardoba tuman adliya bo‘limi tomonidan “Gumbaz” qishlog‘i “Fayzliobod” mahallasida "Adliya kuni" tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda fuqarolarga qonunchilikdagi yangilar, xususan, moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish tartibi, shuningdek energoresurslar bilan bog‘liq yangiliklar, kiberxavfsizlik, firibgarlik, odam savdosi kabi jinoyatlar va uning salbiy oqibatlari tushuntirildi.
Shuningdek, davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan kundalik hayotda eng ko‘p zarur bo‘ladigan davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi hamda ulardan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari to‘g‘risida tushunchalar berildi ham aholiga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Tadbir davomida sayyor qabul tashkil qilinib, adliya, FHDY, YXKM, bandlik, kommunal soha, bank, mahalla mas’ullari tomonidan fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Qabul mobaynida o‘rganish muddat talab qiladigan muammoli masalalar ish yurituvga olinib, ayrim murojaatlar yuzasidan joyida zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.
“Adliya kuni” doirasida sport musobaqalariga ham o‘rin ajratildi. Sportning o‘q otish va shaxmat turi bo‘yicha tashkil etilgan musobaqalar aholi va yoshlarning jismoniy faolligini oshirishga xizmat qildi.
Shu kuni aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi.
Adliya mas’ullari “mahalla yettiligi” bilan ham uchrashib, yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish yuzasidan metodik yordam va zaruru tavsiyalar berishdi.
Shundan so'ng uyma-uy yurish orqali aholining huquqiy muammolari o'rganildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati