Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Sirdaryoda aholining huquqiy muammolarini o‘rganishda yangicha yondashilmoqda


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan uyma-uy yurish, davlat organlari va tashkilotlarida bo‘lib, xodimlar bilan suhbatlashish, advakatura, notarial idoralarga kelgan fuqarolar bilan o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish orqali aholining huquqiy muammolari o‘rganilmoqda.

Guliston shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli oilaviy poliklinikasida Prezidentning 80- farmoni  ijrosi doirasida tibbiyot xodimlari bilan muloqot qilindi.

Uchrashuv davomida 20 ga yaqin muammolar aniqlanib, huquqiy yechimlari tushuntirildi.

Shuningdek, tibbiy muassasasiga huquqiy muammolarni o‘rganish bo‘yicha taklifnomalar joylashtirildi. Bu adliya organlari bilan bo‘g‘lanish va huquqiy muammolar yechimi borasida maslahat olish imkonini beradi.