Янгиликлар
29
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan seminar o‘tkazildi
Markaziy bank Sirdaryo viloyat bosh boshqarmasida tashkil etilgan seminarda korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf qilish hamda korrupsiyaning oldini olish borasidagi vazifalar muhokama qilindi.
Unda adliya boshqarmasi mas’ul xodimi A.Axrorov ishtirok etdi hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirdi.
Qizg‘in muloqot davomida hafta davomida qabul qilingan qonunchilikdagi yangiliklarga ham to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, tizim xodimlarining huquqiy muammolari o‘rganilib, yechimi yuzasidan tushunchalar berildi.