Янгиликлар
29
15 yildan so'ng qonuniy nikoh qayd etildi
Bugun adliya organlari xalqqa yanada yaqin. Uyma-uy yurish va «Huquqiy ko‘mak» aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolarning kundalik hayotida duch kelayotgan huquqiy muammolar o‘rganilmoqda. Jarayonda turli taqdirlar bilan yuzma-yuz kelib, tizimli muammolar aniqlanmoqda.
Jumladan, Sayxunobod tuman adliya bo‘limi xodimlarining o‘rganishlari natijasida "O‘rikzor" mahallasida yashovchi Axliyevlar oilasi 15 yildan buyon shar'iy nikoh asosida yashab kelayotganligi, qonuniy nikohning o‘z vaqtida qayd etilmagani farzandining ham hujjatsiz bo‘lib qolishiga sabab bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.
Sayxunobod tuman adliya bo‘limi xodimlari darhol ushbu muammoning huquqiy yechimiga kirishishdi.
Bugun FHDY bo'limi tomonidan 15 yillik nikoh qonuniy qayd etilib, Axliyevlar oilasiga nikoh guvohnomasi hamda 2020-yil tug'ilgan farzandiga otalikni belgilash tartibida guvohnoma taqdim qilindi.