Янгиликлар
22
O'ZIMIZ KELDIK
“O‘zimiz keldik”. Aholiga qulaylik yaratish, tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadini ko‘zlagan ushbu loyihadan bugun xalqimiz mamnun. Boisi soha xodimlari mahallalarda, xonadonlarda, bozorlaru, aholi gavjum joylarda bo‘lib fuqarolarga xizmat ko‘rsatmoqda.
Guliston shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan navbatdagi tadbir “Nihol” mahallasida tashkil etildi.
Shu kuni sayyor tartibda aholiga 30 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muasasasiga navbatga qo‘yish, elektron raqamli imzo kaliti olish, kadastr pasportini shakllantirish, sovuq suv hisoblagichini o‘rnatish, yechish, tamg‘alash uchun arizalar shular jumlasidandir.
Tadbir davomida fuqarolarga kundalik hayotda eng koʻp zarur boʻladigan davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi hamda ulardan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari toʻgʻrisida tushunchalar berilib, 10 nafar fuqarolar “Mobil-ID” tizimidan roʻyxatdan oʻtkazildi.
Shuningdek, “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” PF-80-son Prezident farmoni mazmun-mohiyati tushuntirilib, targ'ibot materiallari tarqatildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati