Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Sardoba tuman kasb-hunar maktabida «Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan» g‘oyasi asosida davra suhbati tashkil qilindi


Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirishga qaratilgan mazkur tadbirda Adliya bo‘limi boshlig‘i Ilhom Yunusov mamlakatimizda yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim tizimidagi yangiliklar haqida ma’lumot berdi.

Adliya va yoshlar muloqoti yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish barobarida yoshlar o‘rtasida ro‘y berayotgan huquqbuzarliklarning turli ko‘rinishlari - bezorilik, o‘g‘rilik, firibgarlik va uning ayanchli oqibatlari haqida mulohaza yuritish uchun o‘ziga xos ahamiiyatga ega bo‘ldi.