Янгиликлар
24
Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan!
Shirin energetika kasb-hunar kollejida «Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan» g‘oyasi asosida tadbir tashkil qilindi
Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirishga qaratilgan mazkur tadbirda Shirin shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan dastlab mamlakatimizda yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim tizimidagi yangiliklar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, tadbirda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularda qonunlarga hurmat, mamlakat taqdiriga daxldorlik hamda vatanparvarlik hissini kuchaytirish maqsadida huquqiy savol-javoblar, viktorinalar uyushtirildi.
Bundan tashqari, "Huquqiy maslahat" burchaklari orqali yoshlar FHDY, adliya, yurdik xizmat ko'rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi xodimlaridan o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oilsh imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati