Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarining ahamiyati va ularni rivojlantirish istiqbollari


Savdo-sanoat palatasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasida "Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarining ahamiyati va ularni rivojlantirish istiqbollari" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi A.Axrorov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berdi.

Ta'kidlanganidek, tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish tartibi, tasvirlar, so‘zlar, muayyan shakl tarzidagi belgilar va boshqa belgilar yoki ularning istalgan bir rangdagi yoki turli rangdagi jamlama ifodasi tovar belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.

Muloqotda so‘zli belgilarga so‘zlar, so‘z ko‘rinishiga ega bo‘lgan harfiy birikmalar, so‘z birikmalari, gaplar, shuningdek ularning birikmalari kirishi, tasviriy belgilarga jonli mavjudotlar, predmetlar, tabiiy va boshqa ob’yektlar tasvirlari, va shuningdek chiziqlar, dog‘lar, har qanday figuralarning tekislikdagi kompozisiyalari kirishi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, intellektual mulk huquqlarini buzish 340 million so‘mgacha tovon puli to‘lanishiga sabab bo‘lishi mumkinligi, bu bo‘icha joriy yil 21 iyun kuni Oliy Majlis Senatining 53-yalpi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «Intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun ma’qullanganligi, qonunda tovar belgisi, firma nomi, ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘idan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlarida huquq egasi huquqbuzardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan (6,8 mln so‘m) 1000 baravarigacha (340 mln so‘m) tovon to‘lashni talab qilish huquqiga ega bo‘lishi alohida qayd etib o‘tildi.

Tadbir so‘nggida, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgach buning afzalliklari bo‘yicha tushuntirishlar berildi hamda kun tartibidagi masala yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati