Янгиликлар
25
Adliya "mahalla yettiligi" bilan yanada faol ishlaydi
Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Nazarov Guliston tumanidagi “Ahillik” mahallasi "yetttiligi” bilan uchrashdi.
Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham va boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” farmoniga muvofiq endilikda “mahalla yettiligi” bilan doimiy hamkorlikda ishlarni tashkil qilish, aholining huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etishga ko'maklashish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish lozimligi alohida qayd etildi.
Shuningdek, mahalla yettiligining bu boradagi fikr-mulohazalari tinglanib, faoliyatni metodik jihaatdan ta'minlash yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Shundan so'ng, uyma-uy yurgan holda "Chamanzor" ko'chasida yashovchi fuqarolarning huquqiy muammolari o'rganildi. Jarayonda aholining huquqiy muammolarini aniqlash bo‘yicha anketa-savolnomalari to‘ldirilib, uy-joy, meros, kadastr hujjatini rasmiylashtirish bo'yicha murojaatlar qabul qilinib, boshqa hayotiy masalalr yuzasidan murojaatlarga zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati