Янгиликлар
25
"MAHALLA YETTILIGI" BILAN MULOQOT
“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga asosan adliya bo‘limlari «mahalla yettiligi»ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazib boradi, shuningdek aholining kundalik hayotidagi huquqiy masalalarga oid muammolarini hal etib borishga ko‘maklashadi.
Yangiyer shahar adliya bo‘limining "Navro'zobod" mahallasi "yettiligi" bilan muloqotida aholining huquqiy muammolarini uyma-uy o'rganish va ijobiy hal etish yuzasidan o'zaro fikr almashinib, kelgusida birgalikda bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi