Янгиликлар
26
SHIRIN SHAHRIDA OMMAVIY SAYYOR QABUL O'TKAZILDI
Bugun Shirin shahrida Sirdaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli bo'lib o'tdi.
Shirin energetika kollejida tashkil etilgan ushbu sayyor qabulda 12 nafar fuqarolar uy-joyni rasmiylashtirish, yashab turgan uy-joyini xususiylashtirish, o'lim faktini belgilash, ishga joylashish, ish haqini undirishda amaliy yordam so‘rab viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilishdi.
Boshqarma boshlig‘i Jahongir Zoxidov har bir fuqaro bilan bevosita muloqot qilib, uning muammosini tingladi. Har bir murojaatni o‘rganib, tahlil qilib, ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berdi.
Sayyor qabulda 12 nafar fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy yechim topdi, 4 ta murojaat bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar berilib, o'rganish muddat talab qiladigan 6 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.
Shuningdek, qabul davomida 15 nafar fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.