Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Zoxidov Shirin shahar adliya bo‘limi faoliyatini o‘rgandi


O‘rganish jarayonida dastlab adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi, FHDY bo'limida aholiga xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza, mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Tizim xodimlari bilan muloqot davomida “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni ijrosini tashkil etish borasidagi ishlar tahlil qilinib, faoliyatda mas’uliyatni yanada oshirish, aholiga huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati va samaradorligini ko‘tarish yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.