Янгиликлар
27
"HUQUQIY TARG'IBOT KUNI"DA AHOLIGA HUQUQIY VA SAYYOR DAVLAT XIZMATLARI KO'RSATILDI
Mirzaobod tumani "Tinchlik" mahallasida tashkil etilgan "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbiri aholining huquqiy muammolari yechimlariga qaratilgan manzilli targ‘ibot tadbiri bo‘ldi, deyish mumkin
Tadbir davomida ishtirokchilar qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilindi hamda ularga kundalik hayotda duch kelinayotgan eng dolzarb masalalar yuzasidan bepul yuridik maslahat olish imkoniyati yaratildi.
Adliya xodimlari ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish tartibi, intellectual mulk tushunchasi va iste’molchi huquqlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berishdi.
Shu kuni fuqarolarga huquqiy va sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.