Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

JURNALISTLARGA EHTIROM KO'RSATILDI


Bugungi kunda jamiyatimizda ochiqlik va oshkoralikni rivojlantirish, davlat idoralari va ularning mansabdor shaxslari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, fuqarolarimizning qonuniy murojaatlarini o‘rganish va hal qilish borasida ommaviy axborot vositalarining o‘rni va ta’siri tobora ortib bormoqda. Aslida, inson qadri, yurt manfaati, vatan taraqqiyotini yuksaklarga ko‘tarish yo‘lidagi bu faoliyat ulkan mas’uyalitdir.

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan tadbirda soha xodimlarining faoliyati alohida e’tirof etildi.

Tadbirda boshqarma boshlig'i Jahongir Zoxidov jurnalist va blogerlarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonini yoritish bilan birga odamlarni qiynayotgan kamchilik va muammolarni dadillik bilan ko‘tarib chiqib, asosiy e’tiborni ushbu muammolar yechimiga qaratishdagi jasorati va faolligi  xususida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Sana munosabati bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda adliya organlari faoliyatini yoritishda faol hamkorligi uchun bir guruh jurnalist va blogerlarga viloyat adliya boshqarmasining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati