Янгиликлар
28
Davlat fuqarolik xizmatida korrupsiyani oldini olishning preventiv mexanizmlari
2024-yilning 25-iyun kuni Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazida “Davlat fuqarolik xizmatida korrupsiyani oldini olishning preventiv mexanizmlari” mavzusini mazmun mohiyatini yoritib berish maqsadida Sirdaryo viloyat Guliston shahar Adliya bo‘limi bilan hamkorlikda AKM xodimlari uchun huquqiy savodxonlik darsi o‘tkazildi.
Tadbirni AKM direktor v.v.b. Riza Mullayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng, Guliston shahar Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i Sardor Xalilov va Markaz bosh yurist konsulti Doston Xolmatovlar “Davlat fuqarolik xizmatida korrupsiyani oldini olishning preventiv mexanizmlari” mavzusida o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
AKM xodimlari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.
Tadbir ishtirokchilari huquqiy savodxonlik soati davomida o‘zlariga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.