Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

HUQUQIY TARG'IBOT KUNI O'TKAZILDI


Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan “Navbahor” mahallasida o‘tkazilgan “Huquqiy targ‘ibot kuni”da O‘zbekiston Respubliksi Prezidentining  2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining  "Yoqilg'i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, yoshlar, ayollar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, oila va nikoh munosabatlari haqida keng ma’lumotlar berildi.

Tadbir doirasida sayoor qabul o‘tkazilib, aholi murojaatlar qabul qilindi, shuningdek fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.