Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

"Adliya kuni"da aholining huquqiy muammolari o'rganildi


Aholi bilan bevosita muloqot qilish hamda fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish maqsadini ilgari surgan “Adliya kuni” tadbiri Sardoba tumanining “Xalqobod” mahallasida tashkil qilindi.

Tadbirda aholidan eng ko‘p e’tirozlar kelib tushayotgan sohalar bo‘yicha vakolatli tashkilotlar vakillari, “mahalla yettiligi” mas’ullari, notarius, FHDY, DXM xodimlari “Madad” NNTning mas’ullari jalb etildi.

Muloqotda soha xodimlari tomonidan uy-joy, subsidiya, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros, mol-mulk, davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi muammolar, intellektual mulk, nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozlar, bolalar nafaqasi kabi masalalarda zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, aholining kundalik huquqiy muammolari yechimi yuzasidan manzilli targ‘ibot ishlari amalga oshirilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Tadbir davomida fuqarolarning murojaatlari ham tinglandi. Kelib tushgan 18 ta murorojaatning 3 tasi joyida ijobiy yechim topgan bo'lsa, 9 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi, o'rganish muddant talab qiladigan 7 ta murojaat ish yurituvga olindi.

Shu kuni xalqobodliklarga  notarius, FHDY va davlat xizmatlari markazi tomonidan sayyor tartibda xizmatlar ko‘rsatilib, “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi va boshqa qonunchilikdagi imtiyozlar haqida aholi xabardor qilindi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati