Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

SHARTNOMA MAJBURIYATLARINI BAJARMAGAN KORXONA QARZ USTIGA PENYA TO'LAYDIGAN BO'LDI


“Alisher” xususiy korxonasi hamda Sirdaryo tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi o‘rtasida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish yuzasidan umumiy miqdori 209.072.129 so‘mlik pudrat shartnomasi imzolangan bo‘lib, shartnoma shartlariga ko‘ra, Sirdaryo tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi qurilish ishlarini bajarish uchun zarur sharoitlar yaratish va bajarilgan ishlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatini olgan.

“Alisher” xususiy korxonasi tomonidan qiymati 209.072.129 so‘mlik ishlar bajarigan bo‘lsada,  tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan shartnoma majburiyatlari buzilib, bajarilgan ishlar uchun mablag‘ to‘liq to‘lab berilmagan. Ya’ni xususiy korxona hisobiga 100 000 000  so‘m mablagʻ o‘tkazib berilgan va natijada 109 075 129 qarzdorlik yuzaga kelgan.

Sayxunobod tuman adliya bo‘limi tomonidan “Alisher” xususiy korxonasi rahbarining, ushbu qarzdorlikni undirish yuzasidan kelib tushgan murojaati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur qarzdorlik taraflar o‘rtasida imzolangan solishtirma dalolatnomada o‘z tasdig‘ini topdi.

“Alisher” xususiy korxonasi tomonidan javobgarga qarzdorlikni to‘lab berish yuzasidan yuborilgan talabnomalar ham eʼtiborsiz qoldirilgan.

Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risidagi qonunning 7-moddasiga binoan, shartnoma taraflari, tuzilgan xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha zimmalariga olgan majburiyatlarni o‘z vaqtida va tegishli tartibda bajarilishi shart ekanligi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunning 32-moddasiga asosan yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun sotib oluvchi (buyurtmachi) yetkazib beruvchiga o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorida penya to‘laydi.

Yuqoridagilarga asosan Sayxunobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tadbirkor manfaatida Sirdaryo tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Mazkur ish ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilib, qanoatlantirildi. Sudningfoydalanish unitar korxonasi hisobidan “Alisher” xususiy korxonasi foydasiga 109 075 129 so‘m miqdorida asosiy qarz, 11 000000 so‘m miqdorida penya undirilishi belgilandi.

Bundan tashqari, unitary korxona respublika byudjetiga 3 272 253 so‘m miqdorida davlat boji to‘laydigan bo‘ldi.


Farhod Siddikov
Sayxunobod tuman adliya bo'limi bosh maslhatchi