Янгиликлар
19
HAR BIR XONADONGA KIRIB BORAMIZ
Mirzaobod tuman adliya bo‘limi tomonidan “Bog‘iston” mahallasi “mahalla yettiligi” bilan muloqoti davomida xonadonbay yurish orqali fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni aniqlash va bartaraf etishga ko‘maklashish yuzasidan fikr yuritildi.
Ta’kidlanganidek, endilikda “fuqaro – mahalla – adliya” tizimi asosida adliya organlari tomonidan fuqarolarning huquqiy muammolarini hal qilishda ko‘maklashiladi.
Mirzaobod tumani “Bog‘iston” mahallasida aholi soni 7264 nafarni, xonadonlar soni 1552 tani tashkil qiladi.
Demak, adliya har bir xonadonga kirib boradi. Qayd etilganidek, uyma-uy yurish joylarda odamlarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish, ularga huquqiy ko‘mak berish hamda aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgan aniq rejalarni amalga oshirishga turtki beradi.