Янгиликлар
19
Chorshanba - huquqiy targ'ibot kuni
Xabaringiz bor, “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tiziminishakllantirish to’g’risida"gi Prezident farmoniga asosan haftaning har chorshanba kuni “Huquqiy targ'ibot kuni” sifatida belgilangan.
Shunga ko'ra, Boyovut tuman adliya bo'limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida hamda "Navoiy" mahallasida targ'ibot tadbiri tashkil qilindi.
Tadbirda Boyovut tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY, Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar ishtirokchilar e’tiboriga yetkazildi.
Shuningdek, «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» hamda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash, yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi batafsil tushuntirildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati