Янгиликлар
19
Sayyor qabulda oqoltinliklarning muammolari o'rganildi
“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to’g’risida"gi Prezident farmoniga asosan joylarda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni ko‘rib chiqish va hal etish maqsadida mahallalarda «Adliya kuni» tadbirlarini o‘tkazish belgilangan.
Shunga ko'ra, bugun Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Adham Shayjigitov Oqoltin tumanida sayyor qabul o'tkazib, aholining muammolarini o‘rgandi.
Tadbirda “Ko‘rkam diyor” mahallasida istiqomat qiluvchi M.Taniyeva ish bilan ta’minlash masalasida, “Obod” mahallasida yashovchi M.Nizomova esa farzandining nogironlik nafaqasi to‘xtab qolganidan norozi bo'lib murojaat qildi.
Sayyor qabulda aholi muammolarini shu joyning o‘zida yechishga harakat qilindi. Masalan, tadbirkor J.Sulaymonovga tegishli xususiy bolalar bog‘chasining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha murojaatiga joyida huquqiy yechim izlandi.
“Ahillik” mahallasidan kelgan fuqaro I.Soliyevning otasini tug‘ilganlik faktini belgilash yuzasidan qilgan murojaati o‘rganilib, amaliy yordam beriladigan bo‘ldi.
Sayyor qabul davomida bandlik, kommunal soha, kredit, pensiya tayinlash, aliment undirish va boshqa masalalarda 20 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi, shundan 3 tasi joyida o‘z yechimini topdi, 10 ta murojaat yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berildi va 5 ta murojaat o‘rganish talab etganligi bois kirimga olindi.
Shuningdek, sayyor qabulda fuqarolarga “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi va bepul ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari turlari haqida keng ma'lumotlar berilib, sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati