Янгиликлар
19
"Mahalla yettiligi" bilan muloqot qilindi
O‘zbekiston Respubliksi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” PF-80-son farmonida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, qonunchilik hujjatlarini ijrochilarga yetkazish hamda ularning mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida «Mahalla huquqshunosi» loyihasini amalga oshirish nazarda tutilgan.
Qayd etish joiz, loyiha doirasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislarining huquqiy bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib borishga alohida e’tibor qaratiladi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Shayjigitovning “Mustaqillik” mahallasi yettiligi bilan uchrashuvi davomida aholining huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etishda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Mahallada bugungi kunda aholi soni 2366 tani, xonadonlar soni 486 tani tashkil qiladi. Muloqotda “xonadonbay” o‘rganish ishlarini yanada jadallashtirish, fuqarolarning huquqiy muammolarini aniqlash va uni bartaraf etishga ko‘maklashish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
O‘z navbatida “mahalla yettiligi”ga hafta davomida yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyati oddiy va xalqchil tilda tushuntirildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati